Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Evropa Ittifoqi Rossiya tabiiy gazidan voz kechadi

Evropa Ittifoqi Rossiya tabiiy gazidan voz kechadi

Evropa Ittifoqi Rossiya tabiiy gazidan voz kechish rejasini ma’qulladi.

Erishilgan kelishuvga ko‘ra, Rossiyadan tabiiy gaz xarid qilishga “huquqiy majburiy taqiq” bosqichma-bosqich joriy etiladi. 2026 yil oxiridan boshlab Rossiyadan suyultirilgan gaz importi to‘liq taqiqlanadi, 2027 yil kuzidan esa quvur orqali gaz importi ham to‘xtatiladi.

Evropa Kengashi ma’lumotiga ko‘ra, cheklov yangi reglament kuchga kirganidan olti hafta o‘tib amalda qo‘llaniladi, amaldagi shartnomalar uchun esa o‘tish davri nazarda tutiladi.

2025 yil 17 iyungacha tuzilgan qisqa muddatli bitimlar bo‘yicha taqiq 2026 yil 25 apreldan boshlab suyultirilgan gazga, 2026 yil 17 iyundan esa quvur gaziga nisbatan qo‘llanadi. YEIning Rossiyaga qarshi 19-paket sanksiyalariga muvofiq uzoq muddatli suyultirilgan gaz importi bo‘yicha shartnomalar uchun taqiq 2027 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Rossiyadan tabiiy gaz import qilish bo‘yicha uzoq muddatli bitimlar uchun taqiq

Evropa gaz omborlari yetarli darajada to‘ldirilgan taqdirda 2027 yil 30 sentyabrdan va eng kechi 1 noyabrdan kuchga kirishi belgilangan. Ayni paytda “Gazprom” YEIga urushdan avvalgi besh quvurdan faqat bittasi – “Turkiya oqimi” orqali gaz yetkazib bermoqda.

Bundan tashqari, hujjat (uni hali Yevropa Kengashi va Yevropa Parlamenti tasdiqlashi kerak) YEI mamlakatlarini gaz yetkazib berishni diversifikasiya qilish bo‘yicha milliy rejalar ishlab chiqishga hamda Rossiya gazidan voz kechish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni ko‘rsatishga majbur qiladi.

Kiritildi: Bugun 17:50. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!