Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

FIFA JCH-2026 qur’asida kimlar boshlovchilik qilishini e’lon qildi

FIFA JCH-2026 qur’asida kimlar boshlovchilik qilishini e’lon qildi

Model Xaydi Klum va komik Kevin Xart 2026 yilgi jahon chempionati qur’a tashlash marosimining boshlovchilari bo‘ladi, tadbirda shou-biznes yulduzlari - opera tenori Andrea Bochelli, shuningdek, mashhur qo‘shiqchilar Robbi Uilyams va Nikol Sherzinger chiqish qiladi. Bu haqda FIFA matbuot xizmati xabar bermoqda.

JCH-2026 qur’asi 5 dekabr, juma kuni Vashingtondagi Jon Kennedi nomidagi San’at markazida bo‘lib o‘tadi. Boshlanish vaqti - Toshkent vaqti bilan 20:00.

Amaldagi jahon chempioni Argentina terma jamoasi hisoblanadi. 2022 yilda janubiy amerikaliklar jahon chempionati finalida Fransiyani mag‘lub etishgandi. O‘yinning asosiy vaqtida 3:3 hisobi qayd etildi, penaltilar seriyasida argentinaliklarning qo‘li baland kelgandi.

Kiritildi: Bugun 17:05. O'qildi: 552 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!