Bugun 3 dekabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident topshirig‘i bilan Gulistondagi yong‘in sababli Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Prezident topshirig‘i bilan Gulistondagi yong‘in sababli Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi

Joriy yilning 2 dekabr kuni Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Uz Bek Family” MCHJga qarashli ovqatlanish shoxobchasida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli yong‘in yuz bergan.

Baxtsiz hodisa oqibatida 29 nafar fuqaro turli darajada tan jarohati olgan, ulardan 3 nafari vafot etgan.

Jabrlanganlarga zarur yordam ko‘rsatish, hodisa sabablarini aniqlash hamda kelgusida bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M. Mirziyoyevning topshiriqlariga muvofiq Bosh vazir o‘rinbosari O.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzildi.

Kiritildi: Bugun 19:23. O'qildi: 425 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!