Bugun 18 avgust, 2025 yil, dushanba

КИР

Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi

1️⃣ Buxoro shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan, avval ham firibgarlik jinoyatini sodir etgan shaxs o‘zini sayyohlik firmasi vakili sifatida tanishtirib, Toshkent shahri va Toshkent hamda Qashqadaryo viloyatlaridagi 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirgan.
U Xorvatiyada tanishlari borligini aytib, ishchi viza orqali ishga yuborish evaziga 6000 AQSh dollari talab qilgan.

DXX va IJQKD xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda Yakkasaroy tumanida u talab qilingan pulning 3000 dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan;

2️⃣ Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan shaxs ham 3 nafar hamshaharini aldov yo‘li bilan ishontira olgan. U Xorvatiyada ishlayotgan akasining yordamida ishga yuborishni va’da qilib, har biridan 2600 dollardan, jami 7800 dollar talab qilgan.

Yangi Namangan tumanida u pulning 3900 dollarini olgan vaqtda DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 14:35 14.08.2025. O'qildi: 469 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!