AQSh prezidenti Donald Tramp ukrainalik hamkasbi Vladimir Zelenskiyni AQShning Ukraina mojarosiga barham berish haqidagi so‘nggi taklifini o‘qib chiqishga chaqirdi.
Tramp bu haqda Politico nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"U taklifni o‘qib chiqishi kerak. U hali o‘qimagan. Agar ular kelishuvlarni, potensial kelishuvlarni o‘qimasalar, bilasizmi, Rossiya bilan bu qiyin bo‘ladi, chunki Rossiyaning afzalligi bor... Ular ancha katta. Ular bu ma’noda ancha kuchli", - deydi u.