Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Xorijiy davlatlarga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Mazkur holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ellikqal’a tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro R.S. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Dubay shahri va Moldaviya davlatiga ishga yuborishini aytib, 2 000 AQSh dollari va 4 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Departamentning Yangihayot tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “E.W.” MCHJ rahbari B.U. va boshqalar o‘zaro til biriktirib, fuqaro SH.L.ning ishonchiga kirib, uni migrasiya agentligida ishlovchi tanishlari orqali Belorussiya davlatiga ishga yuborishlarini va’da berib, 500 AQSh dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:26 07.08.2026. O'qildi: 365 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!