O‘quvchini xorijga ketishi munosabati bilan maktabdan chiqarish xizmati my.gov.uz portalida to‘liq onlayn shaklga o‘tkazildi.
Arizani 18 yoshga to‘lmagan o‘quvchining ota-onasi yoki vasiysi topshirishi mumkin. Xizmat maktab, lisey, kollej va texnikum o‘quvchilariga taalluqli.
Xizmat bepul, qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi. Zarur ma’lumotlar idoralararo elektron tizimlar orqali avtomatik olinadi.
Ariza bolalar masalalari bo‘yicha tuman yoki shahar komissiyasi tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi. Qaror ta’lim tashkilotiga kelib tushgach, o‘quvchi 1 ish kuni ichida elektron bazadan chiqariladi.