Bugun 2 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xorazmda xonadonida “kannabis” o‘simligini yetishtirib kelgan shaxs aniqlandi

Xorazmda xonadonida “kannabis” o‘simligini yetishtirib kelgan shaxs aniqlandi

Viloyat bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda Xiva tumanida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida 1971-yilda tug‘ilgan fuqaro o‘z xonadonida salkam 27 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasini saqlab kelayotganligi aniqlandi.

Shuningdek, xonadon hovlisi ko‘zdan kechirilganida, u yerda 2 metr uzunlikdagi 1 tup “kannabis” giyohvandlik o‘simligi ekilgan holda parvarishlab kelingani ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:36 30.09.2026. O'qildi: 656 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!