Qirg‘izistonning birinchi milliy sun’iy yo‘ldoshi SpaceX kompaniyasining raketa-tashuvchisi yordamida orbitaga chiqariladi.
Sun’iy yo‘ldoshni ishlab chiqish va tayyorlashga 2,5 yil vaqt ketgan. Uning og‘irligi 5 kilogrammni tashkil etadi.
Undan olinadigan suratlar va boshqa ma’lumotlar qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda qo‘llanishi kutilmoqda. Jumladan, sovuq tushishi yoki qurg‘oqchilik xavfini oldindan kuzatish, shuningdek, hosildorlikni oshirish uchun boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo‘ladi.