Bugun 1 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 7-raqamdan ayrilishi mumkin

Ronaldu Portugaliya terma jamoasidagi 7-raqamdan ayrilishi mumkin

Krishtianu Ronalduning Portugaliya terma jamoasidagi an’anaviy 7-raqami boshqa futbolchiga o‘tishi mumkin.

B24 ma’lumotiga ko‘ra, milliy jamoada hozir 17-raqamda harakat qilayotgan Rafael Leau kelgusida 7-raqamni olishi ehtimoli bor.

Bu holat Ronaldu va bosh murabbiy Jorje Jezush o‘rtasidagi ziddiyat fonida muhokama qilinmoqda.

Avvalroq 41 yoshli hujumchi Daniyaga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamasligini bilgach, Portugaliya terma jamoasi yig‘inini tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Shu sabab Ronalduning milliy jamoadagi maqomi va keyingi chaqiruvlardagi ishtiroki yuzasidan turli taxminlar paydo bo‘lmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:39. O'qildi: 867 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!