Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Xorazmda 33 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Xorazmda 33 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi

Shu soatlarda Xorazm viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar butunlay sog‘ayib, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi  mas’ullari ishtirokida reabilitasiyaga kuzatildi.

Sog‘ayganlarning 30 nafari joriy yil 22 mart kuni Rossiyadan charter reys bilan kelishgan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgan.  Qolgan 3 nafari esa koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Ulardan 29 nafari erkak, 4 nafari ayollardir. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Xorazm, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan 5 nafardan, Buxoro va Andijon viloyatlaridan 4 nafardan, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlaridan 3 nafardan, Navoiy, Toshkent, Samarqand viloyatlari va Toshkent shahridan 1 nafardan. Ular orasida eng yoshi kattasi 61 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda.

Xorazm viloyatidan ayni paytga qadar 61 nafar bemor butkul sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 94 nafarga yetdi.
Hozirga qadar mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butkul sog‘ayganlar 859 nafarga yetdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Kiritildi: 16:08 27.04.2020. O'qildi: 2423 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!