Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xorazm viloyati boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Urganch shahar, “Jambul” mahallasining tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi B.X. fuqaro SH.YU.ning ishonchiga kirib, go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uning turmush o‘rtog‘i Z.K.ning yoshga doir pensiya miqdorini ko‘paytirib berishi evaziga 15 mln so‘mni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, shundan 14,9 so‘mini SH.YU.ga qaytarib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.