NYT nashri Moskvadagi Putin va AQSh delegasiyasi o‘rtasidagi muzokaralarning ayrim tafsilotlarini oshkor qildi.
Qayd etilishicha, muzokaralar chog‘ida Putin o‘zida ishonch namoyish etgan. U amerikaliklarga Rossiya qo‘shinlari bir necha oy ichida butun Donbasni o‘z nazoratiga olishini ma’lum qilgan. Kushner esa bu borada Putinga e’tiroz bildirgan.
«Siz roppa-rosa bir yil oldin ham bizga aynan shu gapni aytgandingiz. Yana bir yildan keyin shu yerga qaytsak va siz bizga yana aynan shu gapni aytayotgan bo‘lishingiz ehtimoli qanchalik yuqori? Balki bir yilni behuda yo‘qotmasmiz?», – degan u.