Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

"Kimdir meni «qora» deb atashi bilan men xafa bo‘lmayman — men qora tanli insonman"

"Kimdir meni «qora» deb atashi bilan men xafa bo‘lmayman — men qora tanli insonman"
Lamin Yamal muxlislar tomonidan unga nisbatan bildiriladigan rasistik munosabat haqida fikr bildirdi. «Ha, bunday holatlarga ming marta duch kelganman. Odamlar ba’zida bilmagan holda rasistik munosabat bildirishadi. Ko‘plab izohlar va qarashlar aslida rasistik, ammo ular buni o‘zlari anglamasligi mumkin. Masalan, «Santyago Bernabeu»da men va Rafinyaga qarshi aytilgan haqoratlar aks etgan mashhur videoni olaylik. O‘sha paytdagi reaksiyam ko‘pchilikni hayron qoldirgan. Oxir-oqibat, kimdir meni «qora» deb atashi bilan men xafa bo‘lmayman — men qora tanli insonman. Buning haqoratomuz shaklda aytilgani esa boshqa masala. Bu noto‘g‘ri. Ammo men odamlar meni tomosha qilish uchun pul to‘lagan o‘yinda maydonga tushganman. Shuning uchun menga hurmatsizlik qilgan kimsalardan g‘azablanib o‘tirmayman».
Kiritildi: 21:13 18.09.2026. O'qildi: 893 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!