123,5 mln yevróga Škoda kompaniyasining 10 ta yangi elektropoyezdi xarid qilinishi rejalashtirilmoqda.
Yangi poyezdlar 7 ta yo‘nalishda, jumladan Toshkent–Chinorkent, Toshkent–Bekobod, Toshkent–Angren, Qo‘qon–Marg‘ilon, Samarqand–Buxoro hamda Samarqand–Shahrisabz yo‘nalishlarida qatnaydi.
Poyezdlar 432 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan, maksimal tezligi 160 km/soat bo‘ladi. Taxminiy yo‘l haqi 10–30 ming so‘m etib belgilanishi kutilmoqda.
Yangi elektropoyezdlarda iqlim nazorati, USB quvvatlash moslamalari, LED displeylar, videokuzatuv va nogironligi bo‘lgan yo‘lovchilar uchun maxsus joylar bo‘ladi. Loyiha 2030 yilgacha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.