Tailand Bosh vaziri va ichki ishlar vaziri Anuthin Chanvirakun mamlakatda qonunbuzarlik sodir etayotgan chet elliklarga nisbatan choralarni kuchaytirish zarurligini aytdi. U chet elliklarga Tailandda xususiy qabriston va diniy muassasalarni ruxsatsiz tashkil etmaslikni tavsiya qildi.
"Yaqinda xorijliklar xususiy qabriston tashkil etish bo‘yicha so‘rov berganidan xabar topdim. Bu endi haddan oshib ketdi. Sizlarga Tailandga kelishga ruxsat berganimiz uchun minnatdor bo‘lishingiz kerak. Agar o‘ladigan bo‘lsangiz, o‘z yurtingizga borib o‘ling. Bu yerda o‘lishingizning keragi yo‘q. Bizni ekspluatasiya qilishga urinmang", dedi Anutxin Chanvirakun.
U Tailand provinsiyalari rahbarlarini xorijliklarning noqonuniy faoliyati va mahalliy an’analar hamda xalqqa nisbatan hurmatsizlikka chek qo‘yishga chaqirdi.
Anuthin, shuningdek, chet elliklar Tailand hokimiyatining ruxsatisiz diniy muassasa tashkil etmasligi kerakligini aytdi. U hatto restoran ochish uchun olingan lisenziyadan foydalanib, amalda ibodatxona tashkil etish ham mumkin emasligini ta’kidladi.