NATO to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashsa, Ukrainadagi mojaro jahon urushiga aylanib ketishi mumkin. Fransiya Milliy majlisidagi “Milliy birlashish” partiyasi fraksiyasi rahbari Marin Le Pen shunday fikrda.
“Yoki NATO bu mojaroga aralashadi va o‘shanda Uchinchi jahon urushi boshlanadi, yoki biz yuz yillik urush guvohiga aylanamiz”, - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi RIA Novosti.
Fransiyalik siyosatchi, shuningdek, mojaroni bartaraf etish yo‘llarini izlash uchun yuqori darajadagi xalqaro konferensiya o‘tkazish zarurligini ta’kidladi
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan vaziyatni shaxsan muhokama qilishni hamda muzokaralarga boshqa mamlakatlar vakillarini ham jalb etishni istaydi.