Bugun 20 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"NATOning 5-moddasi qo‘llanilsa ham, Slovakiya urushga qo‘shilmaydi!"

"NATOning 5-moddasi qo‘llanilsa ham, Slovakiya urushga qo‘shilmaydi!"
Slovakiya Bosh vaziri Robert Fiso Yevropada eshitilayotgan "jangovar ritorika"dan xavotirda ekanligini va o‘z mamlakatining NATOning 5-moddasi bo‘yicha harbiy mojaroga aralashishini istamasligini aytdi. "Men Slovakiya qandaydir 5-modda tufayli harbiy mojaroning bir qismi bo‘lishini xohlamayman. Ha, biz NATO a’zolarimiz, biz buni hurmat qilamiz, hamkorlik va majburiyatlarimizni bajarish haqida qayg‘uramiz, lekin Bosh vazir sifatida men Slovakiya hech qachon harbiy mojaroga tortilmasligi uchun hamma narsani qilaman", dedi u. Shu bilan birga, Slovakiya bosh vaziri o‘z mamlakatining harbiy harakatlarda ishtirok etishidan qochish uchun barcha sa’y-harakatlarni amalga oshirishga va’da berdi. Slovakiya hukumati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Yevropadagi vaziyat har qachongidan ham keskinlashgan. Umumevropa mojarosining kelib chiqish ehtimoli hozir juda katta. Fisoning fikricha, bugungi kunda Yevropadagi ba’zi kuchlar Rossiya Federasiyasi va Shimoliy Atlantika ittifoqi o‘rtasida keng ko‘lamli harbiy harakatlar boshlanishi uchun eng kichik bahona izlamoqda: NATO va Rossiya o‘rtasida katta mojaro uchun bahona qidirilmoqda, deb xavotirdaman, dedi Fiso.
Kiritildi: 20:33 18.09.2026. O'qildi: 1573 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!