Bugun 19 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Saudiya Arabistoni Yevropaga neft yetkazib berishni to‘xtatdi

Saudiya Arabistoni Yevropaga neft yetkazib berishni to‘xtatdi

Saudi Aramco kompaniyasi kamida ikkita Yevropa neftni qayta ishlash zavodiga kelasi oy Saudiya nefti yetkazib berilmasligini ma’lum qilgan. Bunga mamlakatning Qizil dengizga olib boruvchi muhim neft quvuriga qilingan dron hujumi sabab bo‘lgan.

Bloomberg manbalariga ko‘ra, Saudiya neftini uzoq muddatli shartnomalar asosida muntazam oladigan Yevropadagi barcha xaridorlarga kelasi oy yetkazib berish amalga oshirilmaydi.

Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistoni o‘tgan hafta dronlar hujumi ortidan «Sharq-G‘arb» neft quvurini yopgan. Manba quvur faoliyati bir necha kun ichida qisman tiklanishi, to‘liq ishga tushishi esa olti haftagacha vaqt olishi mumkinligini bildirgan.

Evropadagi neftni qayta ishlash zavodlari Saudiya neftini asosan Misrning Sidi-Kerir porti orqali oladi. Mazkur port Qizil dengiz bilan neft quvuri orqali bog‘langan.

Neft quvurining to‘xtatilishi ayrim Aramco mijozlarini muqobil yetkazib berish manbalarini izlashga undagan. Xususan, Polshaning Orlen kompaniyasi juma kunidan buyon neft yetkazib berish bo‘yicha o‘ndan ortiq tender e’lon qilgan.

Kiritildi: Bugun 02:30. O'qildi: 1128 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!