19 iyun kuni Qo‘rg‘ontepa tumani «Xurobod» MFY hududidan o‘tgan yo‘lda, 45 yoshli Shoira Otabekova BYD Song Plus avtomobilida Xonobod shahar yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib ketayotib, rul boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida, yo‘l chetidagi chegara sim to‘sig‘iga borib urilib, YTH sodir etgan. Ushbu YTH oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q, transport vositasi texnik shikastlangan.
«Men avtohalokatga uchradim. Qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, siqqan odam qochib ketdi. O‘zimga hech nima bo‘lmadi. Ko‘ramiz endi buni ortida kim turganini», deb yozgan xonanda o‘zining Instagram sahifasida.