Bekobod shahar IIB katta tezkor vakili mast holda Nexia’da piyodani urib ketib, jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmagan. U jasadni mashinasiga yuklab, turmush o‘rtog‘ini chaqirgan va er-xotin Matiz’da 35 km uzoqlikdagi Farhod kanaliga tashlab yuborgan.
⚖️ Hodisa 2025 yil 11 dekabr kuni sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchi o‘z vaqtida tibbiy yordam olmagani oqibatida vafot etgan.
Gumonlanuvchi 12 dekabr kuni ushlanib, qamoqqa olingan. Unga nisbatan JKning 266-moddasi 2-qismi va 117-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.