Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Xoland o‘tin yorib maza qilishini aytdi

Xoland o‘tin yorib maza qilishini aytdi

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland bo‘sh vaqtida Cheshirdagi uyi hududida o‘tin yorishni yaxshi ko‘rishini aytdi.

"Sehr aynan shu yerda sodir bo‘ladi. Bu yerda o‘tin yoraman va uni yoqaman. Bu mashg‘ulot menga ruhiy xotirjamlik beradi va aynan shu jihati yoqadi. O‘tin yorish, uni yoqish va yolg‘iz holda dam olish.

Bu menga juda katta yordam beradi, fikrlarimni tozalaydi. Shuning uchun uyda bo‘lganimda doimo shu ish bilan shug‘ullanaman. Olovni tomosha qilish insonga haqiqiy xotirjamlik bag‘ishlaydi. Bu mening eng sevimli manzaralarimdan biri. Tabiat — hayot.

Odamlar meni hazillashyapti deb o‘ylashi mumkin, ammo men haqiqatan ham shu bilan shug‘ullanaman. O‘zimni taniganimdan beri bu ishni qilib kelaman", — dedi norvegiyalik futbolchi YouTube kanalida.

Kiritildi: 14:00 08.09.2026. O'qildi: 955 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!