Bugun 27 yanvar, 2026 yil, seshanba

КИР

Xoland faqat birgina jamoa uchun «Siti»ni tark etishga rozi bo‘ladi

Xoland faqat birgina jamoa uchun «Siti»ni tark etishga rozi bo‘ladi

Bir yil avval Erling Xoland "Manchester Siti" bilan 2034 yilning yarmigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolagan edi. Biroq hamon uning jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlar chiqib turadi.

The Touchline xabariga ko‘ra, Xolandning atrofidagilar hujumchining yagona orzusi - "Real"da o‘ynash ekanligini ma’lum qilgan. Erling "Manchester Siti"ni boshqa klub uchun tark etmaydi - faqat "Real"ning taklifigina ko‘rib chiqiladi.

Nufuzli Transfermarkt portali mutaxassislari 25 yoshli Erling Xolandni 200 million yevroga baholamoqda. Bu mavsumda norvegiyalik 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urgan va sheriklariga 4 ta golli uzatma bergan.

Kiritildi: Bugun 18:55. O'qildi: 522 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!