Bugun 6 sentyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xitoyda ko‘chki sodir bo‘ldi, halok bo‘lganlar bor

Xitoyda ko‘chki sodir bo‘ldi, halok bo‘lganlar bor

Xitoyning janubi-sharqidagi Szyansi provinsiyasida sodir bo‘lgan ko‘chki oqibatida kamida ikki kishi halok bo‘ldi va yana 10 kishi bedarak yo‘qoldi.

Bu haqda Xitoy Markaziy televideniyesi xabar berdi.

Ko‘chki 5 sentyabr kuni erta tongda Szian shahrining Suychuan okrugidagi qishloqda sodir bo‘lgan. Avvalroq bir kishining o‘limi haqida xabar berilgan edi.

Ko‘chki sakkizta uyni butunlay vayron qildi, yana to‘rtta uyga kichik zarar yetkazildi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 10:05. O'qildi: 116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!