Bugun 18 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoyda 5,2 magnitudali zilzila oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Xitoyda 5,2 magnitudali zilzila oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Agentlikning xabar berishicha, Xitoyning Guansi provinsiyasida 18 may kuni 5,2 magnitudali zilzila yuz berdi. Yer silkinishi oqibatida Lyuchjou shahridan 7 000 dan ortiq kishi xavfsiz joyga evakuasiya qilingan. Rasmiylar qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani va transport qatnovida uzilishlar bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat tufayli ikki kishi halok bo‘lgan, bir kishi bedarak yo‘qolgan, yana to‘rt kishi esa shifoxonaga yuborilgan. Ularning hayotiga xavf yo‘qligi aytilmoqda. Zilzila vaqti jami 13 ta bino qulab tushgan.

Kiritildi: Bugun 12:42. O'qildi: 286 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!