Xitoy TikTok’ni AQShga sotishdan bosh tortdi. Bu Trampning mamlakatga qarshi yangi bojlar joriy etishi bilan bog‘liq, deyiladi “Reuters” xabarida.
Mazkur kelishuvga ko‘ra, TikTok’ning AQShdagi faoliyati alohida kompaniya tarkibiga o‘tishi va uning asosiy ulushi amerikalik investorlarga tegishli bo‘lishi kerak edi.
Biroq Tramp Xitoy mahsulotlariga nisbatan yangi boj to‘lovlarini joriy etganidan so‘ng, Pekin bu bitimni ma’qullamasligini bildirib, muzokaralar to‘xtatildi.