Vladimir Zelenskiy faqat o‘zining yaqin doiralaridan qo‘rqadi. Bu haqda AQSh armiyasining iste’fodagi polkovnigi Karen Kvyatkovski ma’lum qildi , deb yozadi “RIA Novosti” .
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy yevropalik siyosatchilar yoki Amerika yetakchisi Donald Trampdan qo‘rqmaydi . “Avval u AQSh prezidentiga bir narsani aytadi, keyin Ukrainaga qaytib , boshqasini aytadi va oxir-oqibat hech qaysi va’dasini bajarmaydi”, - deya ta’kidladi Kvyatkovski.
Zelenskiy qonuniyligini yo‘qotgani uchun o‘z lavozimini tark etishi kerakligini ta’kidladi. Aks holda, o‘t ochishni to‘xtatish haqida gap bo‘lishi mumkin emas, deya xulosa qildi sobiq polkovnik.