Bugun 16 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoy Tayvan atrofida e’lon qilinmagan yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi — Reuters

Xitoy Tayvan atrofida e’lon qilinmagan yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazdi — Reuters



Reuters ma’lumotiga ko‘ra, Xitoy noyabr oyi boshida Tayvan atrofi va g‘arbiy Tinch okeanida oldindan e’lon qilinmagan yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazgan.
Mashg‘ulotlarning eng yuqori chog‘ida 100 dan ortiq Xitoy harbiy va sohil qo‘riqlash kemalari ishtirok etgan. Ular shartli hujumlar, dengiz blokadasi va kengroq mintaqaviy operasiyalarni mashq qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Xitoy suvosti kemasi qit’alararo ballistik raketa ham uchirgan. 13 noyabr holatiga ko‘ra, mintaqada 70 ga yaqin kema faol bo‘lgan.
Tayvan rasmiylari mashg‘ulotlarni «jimjit qo‘rqitish» deb baholagan. Mashg‘ulotlar kelasi hafta Shenchjen shahrida o‘tkaziladigan Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi sammiti oldidan bo‘lib o‘tdi. Unda Donald Tramp va Si Szinpin uchrashishi kutilmoqda.

Kiritildi: 17:14 13.11.2026. O'qildi: 458 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik