Pekin G‘azodagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha xalqaro sa’y-harakatlarda faol ishtirok eta boshladi.
Xitoy raisi Si Szinpin Xitoy G‘azo sektoridagi gumanitar inqirozni yumshatish va qayta tiklash ishlarini qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million dollar ajratishini e’lon qildi.
Si Szinpin bu bayonotni Pekinda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvdan keyin bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida aytdi.
Xitoy raisi Fransiya prezidentiga Xitoy G‘azo sektoridagi tinchlik ishini qo‘llab-quvvatlashda davom etayotganini aytdi.
Yordam haqidagi bayonot Xitoy va Fransiyaning hamkorlik va ko‘p tomonlama diplomatiyani kengaytirishga chaqirig‘i kontekstida berildi.
Xitoy Falastin masalasini adolatli, barqaror va keng qamrovli hal qilishni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.
WAFA ma’lumotlariga ko‘ra, Falastin prezidenti Mahmud Abbos Si Szinpinga ushbu va’dasi uchun minnatdorchilik maktubini yubordi.