Bugun 16 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron Tel-Avivga yangi ballistik raketalar orqali zarba berdi

Eron Tel-Avivga yangi ballistik raketalar orqali zarba berdi

So‘nggi 24 soat ichida Eron Isroil shaharlariga bir nechta keng ko‘lamli raketa hujumlarini amalga oshirdi va yangi turdagi qurollardan foydalandi.

Bu haqda Al Jazeera harbiy manbalarga tayanib xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Eron hujumlar paytida kassetali o‘q-dorilar bilan qurollangan ballistik raketalardan foydalangan. Ushbu o‘q-dorilar bir nechta alohida jangovar kallaklarga bo‘linib, 10 kilometrgacha radiusdagi nishonlarga zarba berishga qodir. Shuningdek, katta vayronkor kuchga ega jangovar kallaklarni tashuvchi yirik ballistik raketalar ham uchirilgan.

Kanal shanba kuni Eronning raketa hujumlarining "eng shiddatli" kunlaridan biri bo‘lganini ta’kidlaydi. Ertalab va tushdan keyin ketma-ket 10 ta hujum to‘lqini qayd etildi. Hujumlar Tel-Aviv kabi bir nechta hududlarga qaratilgan edi.

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi harbiy operasiya boshladilar. Natijada Oliy Rahbar Ali Xomanaiy va bir nechta yuqori lavozimli amaldorlar o‘ldirildi. Shundan so‘ng, Eron nafaqat Isroilda, balki AQSh va ittifoqdosh harbiy bazalari joylashgan mamlakatlar - Saudiya Arabistoni, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Ummon, Bahrayn, Iroq va Kiprdagi nishonlarga ham zarba bera boshladi.

Kiritildi: Bugun 08:15. O'qildi: 796 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!