Bugun 2 may, 2025 yil, juma

КИР

Xitoy AQSh bilan savdo urushining keskinlashuvi fonida muhim nodir metallar va magnitlar eksportini to‘xtatdi — The New York Times

Xitoy AQSh bilan savdo urushining keskinlashuvi fonida muhim nodir metallar va magnitlar eksportini to‘xtatdi — The New York Times

Mazkur nodir metallar va magnitlar butun dunyo bo‘ylab avtomobil ishlab chiqaruvchilari, yarimo‘’tkazgichlar sanoati, aerokosmik texnika ishlab chiqaruvchilari hamda harbiy pudratchilar uchun zarur hisoblanadi.

Nashrning yozishicha, Xitoy portlari orqali ushbu mahsulotlar eksporti to‘xtatilgan va bu holat Pekin yangi tartibga solish tizimini ishlab chiqquniga qadar davom etadi. Yangi tizim joriy etilgach, ayrim kompaniyalarga, jumladan Qo‘shma Shtatlarning harbiy pudratchilariga yetkazib berish taqiqlanishi mumkin.

"Cheklovlar Xitoyda to‘liq qayta ishlanadigan olti turdag nodir metallar eksportiga, shuningdek, dunyo bo‘yicha 90 foizi aynan XXRda ishlab chiqariladigan nodir yer magnitlariga taalluqlidir. Endi bu mahsulotlarni Xitoydan faqat maxsus eksport lisenziyalari asosida olib chiqish mumkin bo‘ladi", deya xabar bermoqda NYT.

Qayd etilishicha, ushbu rasmiy cheklovlar 2 aprel kuni AQSh tomonidan joriy etilgan keskin boj stavkalari oshirilishiga javoban Xitoy tomonidan ko‘rilgan choralar doirasida amalga oshirildi.

Kiritildi: 12:33 14.04.2025. O'qildi: 908 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!