Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov Xavfsizlik kengashi kotibi Baktibek Bekbolotovni lavozimidan ozod etish haqidagi farmon chiqardi.
Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.
Prezidentning boshqa farmoni bilan Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan Rustam Mamasadiqov Xavfsizlik kengashi kotibi lavozimiga tayinlandi.