Eronning Xark orolidagi harbiy infratuzilmaning yo‘q qilinishi AQShga orolni egallash uchun yo‘l ochadi
Xark oroli orqali Eron neft eksportining taxminan 90 foizi o‘tadi. Orol ustidan nazorat Vashingtonga Tehronga bosim o‘tkazish uchun kuchli richag beradi.
Eron bunga javob tariqasida Xarkka hujum qilishda foydalanilgan BAAga keng ko‘lamli zarbalar berishini e’lon qildi hamda Amirliklarni bir necha hududlaridan fuqarolarini evakuasiya qilishga chaqirdi.
Avvalroq, Donald Tramp AQSh armiyasi Eronning Xark orolidagi barcha harbiy nishonlarni yo‘q qilganini aytgan edi. AQSh prezidenti buni “Yaqin Sharq tarixidagi eng kuchli bombardimonlardan biri” deb atagan.