Xarkov viloyatida halok bo‘lgan ukrainalik askarlar xotirasiga bag‘ishlangan yillik poyganing uch ishtirokchisi Rossiya kuchlarining hujumida halok bo‘ldi.
Bu haqda Xarkov viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shanba kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari tadbir o‘tkazilgan Berestinskiy tumanidagi Natalino qishlog‘iga "Iskander" raketasi bilan hujum qilishgan.
Prokuratura tashkilotchilarning poyga paytida xavfsizlik choralari yetarli darajada ko‘rilmagani sababli beparvoligi bo‘yicha tergov boshladi.