Wildberries asoschisi va birlashgan Wildberries & Russ (RWB) kompaniyasi rahbari Tatyana Kim Forbes versiyasi bo‘yicha Rossiyaning eng boy ayollari reytingida beshinchi marta birinchi o‘rinni egalladi. Tadbirkor ayolning boyligi 5 milliard dollarga baholanmoqda.
Reytingda ikkinchi o‘rinni Inteco Management prezidenti Yelena Baturina 1,3 milliard dollarlik boyligi bilan egalladi. Uchinchi o‘rinda esa tadbirkor Vladimir Koganning bevasi Lyudmila Kogan — uning kapitali 1,25 milliard dollarga baholangan.
To‘rtinchi o‘rinda sobiq «Lukoyl» hamegasining qizi Yekaterina Fedun joylashdi. Uning boyligi 1 milliard dollarni tashkil etadi. TOP-5likni «Letual» strategik kengashi raisi Tatyana Volodina 950 million dollar bilan yakunladi.
Oltinchi o‘rinni «Novatek» asoschisining qizi Viktoriya Mixelson egalladi — uning boyligi 850 million dollar.
Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, «Fosagro» asoschisining rafiqasi Svetlana Ribalchenko, «Sibirskiy delovoy soyuz» xoldingi asoschilaridan biri Mixail Fedyayevning singlisi va TAIF guruhi hamegasining rafiqasi Lidiya Sulteevaning har birining boyligi 800 million dollardan.
TOP-10likni «Dominant» kompaniyalar guruhi vise-prezidenti Svetlana Demidova 750 million dollarlik boyligi bilan yakunladi.
Shu bilan birga, reyting ishtirokchilarining umumiy boyligi so‘nggi bir yilda 6,8 milliard dollarga kamaygan.
Forbes, shuningdek, Rossiyaning eng boy ayollari orasida milliarderlar soni sezilarli darajada qisqarganini ta’kidlaydi — bir yil ichida reytingdagi milliarder ayollar soni ikki baravardan ko‘proq kamaygan.