Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Xans-Diter Flik "Barsa" rahbariyatidan pullarni oqilona sarflash kerakligini so‘ramoqda. Nemis Luis Dias transferini xohlamayapti

Xans-Diter Flik "Barsa" rahbariyatidan pullarni oqilona sarflash kerakligini so‘ramoqda. Nemis Luis Dias transferini xohlamayapti

"Barselona" sport direktori Deku "Liverpul" qanot hujumchisi Luis Diasni sotib olishga qiziqmoqda, ammo kataloniyaliklar ichida kolumbiyalik futbolchini sotib olish borasida kelishmovchiliklar mavjud. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, Diasning transferi "ko‘k-anorranglilar"ga taxminan 70 mln yevroga tushishi mumkin. Biroq, "Barselona" Lamin Yamal va Rafinyaning hozirgi o‘yin formasini hisobga olgan holda "Liverpul" hujumchisi uchun pul sarflash kerakligiga ishonchi komil emas. Agar Dias sotib olinsa, bu pozisiyada ortiqcha futbolchilar paydo bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Ta’kidlanishicha, Kataloniya klubi rahbariyati Dias transferi uchun rejalashtirilgan pullarni himoyachi yoki yarim himoyachi pozisiyasini kuchaytirishga sarflashi mumkin, buni jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik so‘ramoqda.

Kiritildi: 13:55 23.03.2025. O'qildi: 507 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!