Bugun 2 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Xamzat Chimayevga muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jangchi nomi aytildi

Xamzat Chimayevga muammo tug‘dirishi mumkin bo‘lgan jangchi nomi aytildi

Amerikalik MMA jangchisi, UFC yengil vaznida sobiq chempionlik da’vogari Yurayya Feyberning fikricha, bunday sportchi bor.

Amerikalik 31 yoshli Entoni Ernandes o‘rta vaznning amaldagi chempioni Xamzat Chimayevga jiddiy muammo tug‘dirishi mumkin ekan.

"Entoni Ernandesda har doim Keyn Velaskesdek chidamlilik bor — ajoyib nafas olish. Bu yirik gavdali meksikalik yigitlarda go‘yoki katta bir o‘pka bordek. U to‘xtamay ishlay oladi. Endi esa uning yonida yuqori saviyali kurashchi va braziliyalik jiu-jitsu ustasi Eliot Kelli hamda All-American darajasidagi kurashchi Rayan Loder bor.

So‘nggi ikki yil ichida u yaxshigina rivojlandi. Ularning mashg‘ulot jarayoni juda yuqori darajada. Men bilaman, u o‘ziga ishonadi", — dedi Feyber.

Kiritildi: 23:54 01.02.2026. O'qildi: 244 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!