Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonni ishdan bo‘shatish taklif qilindi

Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xonni ishdan bo‘shatish taklif qilindi

Xalqaro jinoyat sudi Ijroiya byurosi bosh prokuror Karim Xonni kichik xodim bilan noo‘rin jinsiy munosabatda bo‘lganlik ayblovlari sabab lavozimidan ozod etishni taklif qildi.

Masala 24 iyul kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro jinoyat sudiga a’zo davlatlar assambleyasi yig‘ilishida ovozga qo‘yiladi.

Karim Xon bir necha bor o‘ziga qo‘yilgan barcha ayblovlarni rad etgan. Biroq Ijroiya byurosi prokuror «xizmat vazifalarini jiddiy ravishda buzgan va og‘ir qoidabuzarlik sodir etgan» deb hisoblamoqda.

Prokurorning advokatlari esa mazkur qarorni «noqonuniy, prosessual jihatdan adolatsiz va dalillar bilan tasdiqlanmagan» deb atadi.

2024 yilda bir nechta ayol Karim Xonni jinsiy zo‘ravonlikda ayblagan edi. U barcha ayblovlarni inkor qilgan. Shu yilning may oyidan boshlab Karim Xon haq to‘lanmaydigan ta’tilga chiqarilgan, iyun oyi boshida esa lavozimidan vaqtincha chetlatilgan.

Karim Xon 2021 yil iyun oyidan buyon Xalqaro jinoyat sudi prokurori lavozimida ishlab kelmoqda. U 2023 yilda Rossiya prezidenti Vladimir Putin hamda Bolalar huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaga nisbatan hibsga olish orderi chiqargani bilan mashhur. Keyinchalik Rossiya Tergov qo‘mitasi Karim Xon va Xalqaro jinoyat sudi sudyalariga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atgan. Kreml Rossiya sud yurisdiksiyasini tan olmasligini ta’kidlagan.

Kiritildi: 18:45 24.06.2026. O'qildi: 769 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!