Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Xabi Alonsoning xato qilishga haqqi yo‘q

Xabi Alonsoning xato qilishga haqqi yo‘q

"Real" bosh murabbiyi Xabi Alonsoning endi xato qilishga haqqi yo‘q.

"Madrid" yakshanba kuni La Liga 16-turi doirasida safarda "Alaves"ni (2:1) mag‘lub etdi. The Athletic xabariga ko‘ra, ushbu g‘alaba 44 yoshli bask atrofidagi keskinlik darajasini biroz pasaytirdi, biroq turli darajalarda, jumladan, klub rahbariyatida hamon Xabi loyihasiga nisbatan shubhalar mavjud.

Chorshanba kuni "Real" safarda Ispaniya kubogining 1/16 finalida uchinchi divizion autsayderi "Talavera"ga qarshi bahs olib boradi. Bu o‘yindagi ehtimoliy omadsizlik halokat sifatida qabul qilinadi va jiddiy qarorlar qabul qilinadi.

Shu bilan birga, Madrid klubi natijalar imkon berguncha Alonsoni murabbiy sifatida qoldirishni ma’qul ko‘radi, biroq Xabi xato qilish huquqiga deyarli ega emas.

Kiritildi: 23:17 15.12.2025. O'qildi: 358 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!