Bugun 25 fevral, 2026 yil, chorshanba

КИР

Xabi Alonso «Liverpul» rahbariyatiga «Real» futbolchisini jamoada ko‘rmoqchi ekanligini aytdi

Xabi Alonso «Liverpul» rahbariyatiga «Real» futbolchisini jamoada ko‘rmoqchi ekanligini aytdi

«Real Madrid» sobiq futbolchisi va murabbiy Xabi Alonso «Liverpul» boshqaruvini qo‘lga olishi mumkin.

TEAMtalk nashrining xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Angliya klubi oldiga o‘z shartlarini qo‘ygan. Uning ta’kidlashicha, agar u shu yozda «qizillar» bosh murabbiyi etib tayinlansa, jamoaga «Real» yarim himoyachisi Arda Gyulerni sotib olishni istaydi.

Arda Gyuler 2023 yilda «Fenerbaxche»dan «Real»ga 26 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning «qaymoqranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda turkiyalik yarim himoyachi madridliklar safida barcha turnirlarda 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Gyulerning bozor qiymatini 90 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:48 24.02.2026. O'qildi: 380 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!