Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

World Boxing reytingida O‘zbekiston bokschilari birinchi o‘rinni egalladi

World Boxing reytingida O‘zbekiston bokschilari birinchi o‘rinni egalladi

Qozog‘iston esa reytingda ikkinchi pog‘onada turibdi.

World Boxing xalqaro tashkiloti so‘nggi yangilangan rasmiy reytingini e’lon qildi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi umumiy natijalar bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Qozog‘iston esa reytingda ikkinchi pog‘onada turibdi.

O‘zbekiston bokschilaridan olti nafari o‘z vazn toifalarida yetakchi sifatida qayd etilgan: Abdumalik Xalokov (60 kg), Asadxo‘ja Moydixojayev (65 kg), Fazliddin Erkinboyev (75 kg), Jahongir Ummataliyev (80 kg), Akmaljon Isroilov (85 kg) va To‘rabek Habibullayev (90 kg).

Qozog‘istonlik bokschilar esa Sanjar Toshkenbay (50 kg), Mahmud Sobirxon (55 kg), To‘raxan Sobirxon (70 kg) va Aybek Oralbay (+90 kg) kabi vazn toifalarida yetakchilik qilmoqda. Shu bilan, O‘zbekiston terma jamoasi 10 vazn toifasining 6 tasida yetakchi, Qozog‘iston esa qolgan 4 toifada peshqadam bo‘lgan.

Tashkilot rasmiy Instagram sahifasida natijalar haqida shunday ma’lumot bergan: “O‘zbekiston bokschilari reytingning asosiy qismida peshqadamlik qilmoqda”.

Kiritildi: 15:49 28.10.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!