Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Pora bilan qo‘lga tushgan Sharof Rashidov tumani hokimi qamoqdan chiqdimi?

Pora bilan qo‘lga tushgan Sharof Rashidov tumani hokimi qamoqdan chiqdimi?

Jinoyat kodeksining 167, 205, 206, 209, 210 va 229-4-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan Sharof Rashidov tumani hokimi lavozimida ishlagan M. X. ozod etilgani haqida ayrim manbalarda tarqalgan xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

Joriy yilning 10 iyul kunidagi jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudining ajrimi bilan M. X.ga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan bo‘lib, ayni paytda u tergov hibsxonasida saqlanmoqda.

M. X.ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Arnasoy tuman sudining ish yurituvida bo‘lib, bugungi kunda ushbu jinoyat ishi mazmunan ko‘rib chiqish uchun tayinlash bosqichida ekanligi ma’lum qilinadi.

Kiritildi: Bugun 12:05. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!