25 oktyabr kuni Rossiya qurolli kuchlari Kiyevga zarba bergan edi. Hujumning asosiy maqsadlaridan biri “Optima-Farm” farmasevtika kompaniyasining markaziy ombori bo‘lgan.
Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, omborda yo‘q qilingan mahsulot hajmi Ukrainadagi umumiy oylik dori vositalari zaxiracining taxminan 20 foizini tashkil etadi. Iqtisodiy zarar 100 million dollar atrofida baholanmoqda. Shuningdek, omborda dori yetkazib berish, logistika yo‘nalishlari va “Optima-Farm” hamkorlik qiladigan aptekalar tarmoqlarining ehtiyojlariga oid ma’lumotlar bazasi to‘liq yonib ketgan.
Ushbu ombor Kiyev shahri va viloyatini dori vositalari bilan ta’minlab kelgan. 27 oktyabrdan tovar jo‘natish vaqtinchalik to‘xtatilgan. Manbalarning ta’kidlashicha, omborning yo‘q qilinishi dori vositalari ta’minotida qisqa muddatli defisitga olib kelishi mumkin.