Bugun 29 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya harbiylari Ukrainada insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etmoqda

Rossiya harbiylari Ukrainada insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etmoqda

BMTning Ukrainadagi voqealarni o‘rganish komissiyasi hisobotida ta’kidlanishicha, Rossiya dronlari muntazam ravishda Ukraina tinch aholisiga hujum qilmoqda. Bu hujumlar odamlarning halok bo‘lishi, jarohatlanishi va keng miqyosli vayronagarchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

Mazkur hisobot BMT Bosh Assambleyasining ijtimoiy, gumanitar va madaniy masalalar bo‘yicha qo‘mitasiga taqdim etildi. Hisobot mualliflarining keltirishicha, bunday hujumlar tizimli va muvofiqlashtirilgan tarzda amalga oshirilmoqda.

"Xususiy uylar, gumanitar yordam tarqatish punktlari, shuningdek, xalqaro gumanitar huquqqa ko‘ra harbiy mojarolar paytida alohida maqomga ega bo‘lgan tez tibbiy yordam xodimlari va o‘t o‘chiruvchilar ularning nishoniga aylanmoqda. Rossiya harbiylarining harakatlari insoniyatga qarshi jinoyatlarning ikki turini tashkil etadi: qotillik va aholini majburiy ko‘chirish, shuningdek, Rossiya qo‘shinlari tomonidan bosib olingan hududlardan tinch aholini deportasiya qilish va ko‘chirish. Bu jarayonda ayrim deportasiya qilingan va ko‘chirilgan shaxslar asosiy inson huquqlarini buzuvchi qiynoqlarga duchor bo‘lganlar", deyiladi hisobotda.

Kiritildi: 21:57 28.10.2025. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!