Bugun 28 oktyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Lavrov Rossiyaning Yevropaga hujum qilish niyati haqida gapirdi

Lavrov Rossiyaning Yevropaga hujum qilish niyati haqida gapirdi

Rossiya NATO yoki Evropa Ittifoqi (EI) a’zosi bo‘lgan davlatlarga hujum qilish niyatida emas va hech qachon bo‘lmagan. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan Evroosiyo xavfsizligi bo‘yicha III xalqaro konferensiyaning yuqori darajadagi yalpi majlisida ma’lum qildi.

“Biz Yevroosiyoning bu qismi uchun kelajakdagi xavfsizlik kafolatlarida o‘z pozisiyamizni mustahkamlashga tayyormiz, ammo Yevropa Ittifoqi rahbarlari bu kafolatlarni muhokama qilishdan qochmoqda”, — dedi Lavrov.

Vazirning ta’kidlashicha, Ukrainadagi jangovar harakatlar boshlanganidan keyin Yevropa Ittifoqi Rossiya ishtirokisiz va unga qarshi xavfsizlik tizimini yaratish haqida gapira boshlagan.

Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu yondashuv “Evroosiyodagi barqarorlikni emas, balki yangi bo‘linish chiziqlarini yaratishga xizmat qiladi”.

Kiritildi: Bugun 15:16. O'qildi: 1170 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!