O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod futbolchilardan biri, hozirda Qozog‘istonning "Tobol" klubi sharafini himoya qilayotgan qanot hujumchisi Shahboz Umarov FIFAga ariza kiritdi.
"Dyadya Vanya" telegram-kanalining xabariga ko‘ra, 26 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi "Ordabasi"da qolib ketgan 58 ming AQSh dollari puli yuzasidan FIFAga arz qilgan.
Chimkent klubi vaziyatni hal qilish uchun muzokaralar boshlagan.
Umarov 2023 yildan 2025 yilgacha "Ordabasi"ga tegishli bo‘lgan. U 2022da BATEdan sotib olish sharti bilan Qozog‘iston klubiga o‘tgan. Klub safida u 77 ta o‘yinda 7 ta gol urgan va 7 ta golli uzatma bergan.