Wildberries & Russ O‘zbekiston Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida ko‘p tarmoqli logistika majmuasini qurish bo‘yicha investisiya shartnomasini imzoladi.
67,3 gektarlik markaz Toshkentning Yangihayot tumani bilan chegaradosh Bog‘zor mahallasida joylashgan bo‘ladi.
Loyihalash ishlari allaqachon boshlangan va qurilish oktyabr oyi oxirida boshlanishi kutilmoqda. Kompaniya kamida 7500 ish o‘rni yaratishni va kamida 2000 kishini ixtisoslashtirilgan dasturlar bo‘yicha o‘qitishni rejalashtirmoqda.