Bugun 8 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasining muhim futbolchisi jarohatdan qaytdi

O‘zbekiston terma jamoasining muhim futbolchisi jarohatdan qaytdi

O‘zbekiston milliy jamoasi va «Rizespor» himoyachisi Husniddin Aliqulov jarohatdan tiklanish jarayonida navbatdagi bosqichga o‘tdi. Futbolchi turk klubi mashg‘ulotlarida ishtirok etishni boshladi.

«Rizespor» Aliqulovning mashg‘ulot o‘tkazayotgan jarayonidan suratlarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga joyladi.

26 yoshli himoyachi 19 yanvar kuni Turkiya Superligasining «Gyoztepe»ga qarshi uchrashuvida og‘ir jarohat olgan edi. Tekshiruvlar natijasida uning chap tizzasida oldingi xochsimon bog‘lam uzilishi, tizza qopqog‘i hamda ichki va tashqi menisklarida shikastlanishlar aniqlangan.

Aliqulov 10 fevral kuni Rimdagi «Villa Styuart» klinikasida jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan.

Ushbu jarohat sabab futbolchi 2026 yilgi Jahon chempionatida O‘zbekiston milliy jamoasi tarkibida ishtirok eta olmadi.

Kiritildi: 06:05 07.10.2026. O'qildi: 775 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!