Bugun 11 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

WhatsApp'da yangi funksiya ishga tushiriladi

WhatsApp'da yangi funksiya ishga tushiriladi

“WhatsApp'ning so‘nggi beta-versiyasida qiziqarli yangilikni sinovdan o‘tkazish boshlandi, deya xabar bermoqda “4pda” nashri.

U akkauntlarning maxfiyligini yaxshilashga qaratilgan bo‘lib, messenjerning Android versiyasi egalari avtorizasiya qilish uchun an’anaviy parollar o‘rniga o‘zlarining biometrik ma’lumotlaridan foydalanishlari mumkin.

Yangi funksiya foydalanuvchiga barmoq izini skanerlash yoki yuzni tanish, shuningdek, PIN-kod yoki naqsh yordamida yangi qurilmada “WhatsApp” akkauntiga kirish imkonini beradi.

Qayd etilishicha, mazkur funksiya ishga tushirilishi orqali messenjer foydalanuvchisiga bir martalik parol kerak bo‘lmaydi.


Ilovaning sinov tuzilmasida yangi xususiyatni faollashtirish uchun sozlamalar menyusidagi “Hisob qaydnomasi” bo‘limiga o‘tish va keyin xuddi shu nomdagi yorliqda parol yaratish kerak.

Shundan so‘ng “WhatsApp” qurilmada parol menejerini — masalan, “Google Password Manager” yoki “NordPass"ni tanlashni so‘raydi.

Bu funksiya qachon barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo‘lishi hozircha e’lon qilinmagan. Bu keyingi bir necha oy ichida sodir bo‘lishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:40 28.09.2023. O'qildi: 2439 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!