Bugun 16 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

WBO Aleksandr Usikka rasmiy da’vogar berdi

WBO Aleksandr Usikka rasmiy da’vogar berdi

Butunjahon boks tashkiloti Aleksandr Usikka WBO kamarini himoya qilishi uchun rasmiy va majburiy raqib tayinladi.

Ukrainalik jahon chempioni o‘z kamarini Yangi Zelandiya vakili Jozef Parkerdan himoya qiladi. Bokschilar va ularning jamoalari ixtiyorida kelishib olish uchun 30 kun muhlat bor. Agar belgilangan muddatda tomonlar kelishuvga erishmasa, WBO promouterlar uchun ochiq savdo e’lon qiladi.

Ayni paytda Aleksandr Usikning asosiy maqsadi yana mutlaq jahon chempioni bo‘lish. Buning uchun u IBF chempionlik kamarini qaytarib olishi kerak bo‘ladi. Hozirda ushbu kamar Daniel Dyubuaga tegishli bo‘lib turibdi. Usikning menejeri Aleksandr Krasyukning aytishicha, hozirda Dyubuaning jamoasi bilan muzokara davom etmoqda.

Kiritildi: 14:54 15.03.2025. O'qildi: 483 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!